<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Marhamatlisi</title>
<lyrics>[V1]
 Ranjimang bir soʻzni
 Ochiq aytaman
 Vaqt yaqin sir saqlab
 Endi netaman
 Otamni oldiga
 Bir kun qaytaman
 Birodar Masihda
 Marhamatlisiz!

[V2]
 Ranjimang bir soʻzni
 Aytaman takror,
 Aytaman eshiting:
 &quot;Sizda Masih bor.
 Umid bor, ishonch bor
 Sevgingiz bisyor&quot;
 Birodar Masihda
 Marhamatlisiz!

[V3]
 Ranjimang, bir soʻzni
 Aytmasam boʻlmas,
 Masihda boʻlganlar
 Abadiy oʻlmas.
 Nolimang, shukur deng
 Yoʻqsa qalb toʻlmas
 Birodar Masihda
 Marhamatlisiz!

[V4]
 Ranjimang bir soʻzni
 Uqib oling siz
 Masihda bir umr
 Kechirilgansiz.
 Gunohkorlar ichra
 Oʻchirilgansiz
 Birodar Masihda
 Marhamatlisiz!

[V5]
 Ranjimang bir soʻzni
 Aytib tolmayman,
 Kalomdan bir umr
 Aslo qolmayman.
 Imonsiz aytganin
 Aslo olmayman
 Birodar Masihda
 Marhamatlisiz!

[V6]
 Ranjimang bir soʻzni
 Aytsam nogaxon,
 Gunohni vaz qilsa
 Bormang xech qachon.
 Xudo marhamatin
 Tinglang xar qachon
 Birodar Masihda
 Marhamatlisiz!

[V7]
 Solihlik muborak
 Aziz qondoshim,
 Xudoga azizu,
 Menga jondoshim.
 Ular kim boʻlmasin
 Xoh yostiqdoshim
 Birodar Masihda
 Marhamatlisiz!</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>